Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mangu olov»ni o‘chirib qo‘ygan o‘zbekistonliklar Rossiyadan deport qilinishi mumkin

«Mangu olov»ni o‘chirib qo‘ygan o‘zbekistonliklar Rossiyadan deport qilinishi mumkin

Joriy yil 10-dekabr oqshomida Sankt-Peterburgdagi Krasnoye Selo shaharchasida o‘zbekistonlik oilalarning uch nafar farzandi – 10 va 14 yoshli aka-uka hamda yana bir 12 yoshli bola Xotira maydonidagi «Mangu olov»ga qor uloqtirib, uni o‘chirib qo‘ydi.

Mamlakat IIV Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatining 11-dekabrdagi ma’lumotiga ko‘ra, o‘smirlarning oilalari Rossiya hududida tegishli hujjatlarsiz bo‘lib turishgan.

«Shu munosabat bilan politsiya ikkala oilani Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish to‘g‘risida ariza bilan sudga materiallar tayyorlamoqda. Sodir etilgan voqeaga doir tergov materiallari, shuningdek, o‘smirlar va ularning ota-onalari protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organlariga o‘tkazildi», – deyiladi mahalliy politsiya bildirishida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring