Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabni ham tugatmay tanilgan aktrisalar

Maktabni ham tugatmay tanilgan aktrisalar

Foto: «GOLOS»

Dunyoda oliy ma’lumot olmay turib ham boy va mashhur bo‘lgan insonlarni ko‘plab uchratish mumkin. Masalan, aktyorlik uchun bilim olish shart emas, deydiganlar talaygina va bu qaysidir ma’noda to‘g‘ri, deb yozadi «RAMBLER». Misol uchun, biz nazarda tutayotgan bu qizlar shu darajada iste’dodlidirki, ularga maktabda o‘qishning keragi bo‘lmagan. Ehtimol, ularning shunchaki omadi chopgandir...


Jennifer Lourens

Gollivud yulduzi intervyularidan birida o‘rta ma’lumoti yo‘qligini tan olgan. Xonimning so‘zlariga ko‘ra, u maktabni 14 yoshida tashlab ketgan, shu bois uning na attestati, na diplomi bor. Aytishicha, u o‘qishni uyida davom ettirgan, shu bois o‘zini boshqalardan ko‘ra aqli noqis va esi past hisoblamaydi. Aktrisaning ta’kidlashicha, o‘rta va oliy ma’lumoti yo‘qligini uning qobiliyati yashiradi. Chunki u ana shu iste’dodi sharofati bilan yuksak cho‘qqilarni zabt etgan. Dastlab u modellik biznesini tanlagan, keyin esa Gollivudga borib qolgan.


Nikol Kidman

Bo‘lg‘usi yulduz Gavayida dunyoga kelgan. Maktabgacha yoshda esa vatani — Avstraliyaga qaytib ketgan. U yerda qizaloq jazirama quyosh va malla nozik terisi tufayli rosa qiynalgan. Shu bois asosiy vaqtini o‘qish va maktabdagi to‘garaklarga bag‘ishlagan. Kidman 17 yoshga to‘lganida onasi saraton bilan og‘rib qoladi. Shu bois qizcha o‘qishni tashlashga va massajchi bo‘lib ishlashga qaror qiladi. Bu bilan bir vaqtda u kino va TVda pul ishlay boshlaydi. Shunda uni taniqli va nufuzli rejissyorlar payqab qolishadi. 80-yillarning oxirida aktrisaga chindan ham hayratlanarli omad kulib boqadi. Hozir u Gollivudda eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalardan biridir.


Demi Mur

Jahonga dong‘i ketgan aktrisa o‘z otasini umuman ko‘rmagan. Otasi onasini homiladorlik chog‘idayoq tashlab ketgan. Ko‘p o‘tmay Mur ichkilikka berilgan o‘gay ota qo‘lida qoladi. Notinch oila tez-tez bir joydan boshqa yoqqa ko‘chib o‘tar va doim moliyaviy muammolarni hal etolmay arosatda yurardi. Shu tariqa bo‘lg‘usi aktrisa bolalikdan o‘zi haqida qayg‘urishni o‘rgandi. U 16 yoshida maktabni tashlab, o‘ziga ish topdi: dastlab kollektorlik agentligida mehnat qildi, keyin esa modelga aylandi. Aktyorlik mahorat kurslariga o‘zi pul to‘lay boshladi. Yulduzning ta’kidlashicha, uning karerasida aynan mana shular katta yordam bergan.

Ha, ular hayot darsini olishdi. Ehtimol, ularda bilim olishga to‘kisroq sharoit bo‘lganida o‘z iste’dodlarini yanada yorqinroq namoyon etisharmidi?..

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring