Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ko‘hna qit’a qamoqxonasi»: mahbuslar soni bo‘yicha mamlakatlar reytingi tuzildi

«Ko‘hna qit’a qamoqxonasi»: mahbuslar soni bo‘yicha mamlakatlar reytingi tuzildi

Foto: «Euroradio.fm»

Istanbul Jinoyat huquqi akademiyasi vakillari Yevropa mamlakatlarida panjara ortida o‘tirganlar sonini tahlil qilishdi — har yuz ming aholiga qancha mahbus to‘g‘ri kelishi hisoblandi.

Tadqiqotga ko‘ra, Belarus — «Ko‘hna qit’a qamoqxonasi» maqomida: mamlakatda yashovchi har 100 ming kishining 354 nafari ozodlikdan mahrum etilgan. Mamlakat aholisi 9 467 000 ni (2019 yilgi ma’lumot) tashkil etishi nazarda tutilsa, taxminan 33,5 ming kishi qamoqda.

Turkiya ikkinchi o‘rinda: har 100 ming kishiga 335 nafar mahbus to‘g‘ri keladi, sal farq bilan Rossiya (331 nafar mahbus) uchinchi o‘rinda.

Yevropada har 100 ming aholisiga nisbatan qamalganlar soni eng kam mamlakatlar Islandiya (33) va Norvegiya (49).

Ushbu nisbat Ukrainada — 148, Polshada — 181, Vengriyada — 169, Ruminiyada — 116, Moldovada — 182, Slovakiyada — 190 ga teng.

Xarita: Istanbul Jinoyat huquqi akademiyasi

Yevropaning eng farovon mamlakatlarida emin-erkinlikda yurgan aholiga nisbatan qamoqda o‘tirganlar soni nisbatan ozchilikni tashkil etishini yuqoridagi xaritadan bilish qiyinmas.

Mitti mamlakatlar ham turkiyalik tahlilchilar nazaridan chetda qolmagan: Monakoda bor-yo‘g‘i 21 nafar mahbus bor, San-Marinoda atigi 6 kishi qamoqda o‘tiribdi. Rim papasi qarorgohi joylashgan Vatikanda esa bittayam mahbus yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring