Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahachqal’a meri hibsga olindi

Mahachqal’a meri hibsga olindi

Foto: «mkala.ru»

Mahachqal’a shahri meri vazifasini bajaruvchi Abusupyan Gasanov huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. U mansab  vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. Bu haqda «Lenta.ru» o‘z manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

Oltmish to‘rt yoshli amaldor  o‘z xizmat xonasida hisbga olingan, ayni paytda ishxonasi va xonadonida tintuv o‘tkazilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, u mahalliy budjetga 40 million rubl zarar yetkazganlikda ayblanishi ehtimoli katta.

Ilgari Dog‘iston transport vaziri vazifasida ishlagan A. Gasanov shu yilning yanvaridan Mahalchqal’a shahar meri vazifasini bajarib kelayotgandi. Ma’lumki, shaharning avvalgi rahbari M.Musayev ham mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanib qo‘lgan olingan, pirovardida, sud uni to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring