Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maduro va Lima guruhi. O‘ziga bersa — yordam, xalqiga bersa sadaqami?!

Maduro va Lima guruhi. O‘ziga bersa — yordam, xalqiga bersa sadaqami?!

Foto: «Reuters»

Amerikaning aksariyat yirik mamlakatlarini jamlagan Lima guruhi a’zolari Venesuelada hokimiyat tinch yo‘l bilan topshirilishini yoqlab chiqishdi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

Bu uyushmaga a’zo 11 mamlakat, Meksika, Gayana va Sent-Lyusiyani istisno qilganda, armiyaga Xuan Guaidoni vaqtincha prezident deb tan olish yuzasidan murojaat bilan chiqdi.

Kanada poytaxti Ottavada to‘plangan Lima guruhi a’zolari venesuelaliklarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish masalasini ham muhokama qilishdi. Kanada bu maqsadda katta mablag‘ ajratganini ma’lum qildi.

Jastin Tryudo. Foto «Reuters»

«Biz Venesueladagi hamda bu mamlakatdan qochib ketgan yordamga muhtojlarni barcha zarur narsalar bilan ta’minlashga 53 million dollar ajratishga tayyormiz», — dedi Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo.

Nikolas Maduro esa tabiiyki, bularga zid fikrda, Venesuela xalqi tilanchilar emasligini, yolg‘on va’dalar va «arzon tomoshalar»ga uchmasligini ta’kidladi.

Endi e’tiboringizni bir rasmiy ma’lumotga qaratamiz: o‘tgan yili Venesuelada inflyasiya salkam 2 million foiz (!)ni tashkil etibdi. Mamlakatning savdo-sanoat palatalari va uyushmalari federatsiyasi 2018-yilni «barcha ishlab chiqarish sohalari tarixidagi eng yomon yil» dedi.

Venesueladagi siyosiy inqirozga global munosabat quyidagi xaritada:

Foto: «Euronews»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring