Maduro Tramp bilan uchrashishga tayyor
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.
Maduro agar bu uchrashuv Venesuelaga yordam bersa, unga tayyorligini bildirgan.
«Men shu minbardan turib tasdiqlayman: g‘oyaviy, ijtimoiy, tarixiy farqlarga qaramay, men, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Moros uning qo‘lini siqishga, ikki tomonlama masalalarni va bizning hudud mavzusini muhokama qilish uchun munozaralar stoliga o‘tirishga tayyorman», – degan Maduro BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyada.
Avvalroq Tramp Venesueladagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni jiddiy tanqid qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter