Madridda kuchli portlash yuz berdi (video)
Madrid markazidagi Toledo ko‘chasida kuchli portlash yuz berdi, deb xabar berdi «diareo.es» nashri.
Gazetaning yozishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da sodir bo‘lgan. Portlash natijasida binoning yuqori qavatlari vayron bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan bino qariyalar uyi bo‘lgani aytilmoqda.
Kamida olti kishi jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarga qaraganda, binoning bir qismi kuchli talofat ko‘rgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi vaziyat sabablari to‘g‘risida hali aniq ma’lumot bermagan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlash gaz sizib chiqishi natijasida yuz bergan, deb yozadi «Mundo» nashri. Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ish bolib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter