Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko yana tahdidli chiqish qildi. U va Putin ikki davlatni birlashtirmoqchi

Lukashenko yana tahdidli chiqish qildi. U va Putin ikki davlatni birlashtirmoqchi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, G‘arbning Rossiya va Belarusga bosimi bu ikki davlatni «birlashish jarayonlarini tezlashtirishiga» majbur qilmoqda. Bu haqda u Rossiya va Belarus mintaqalarining IX  forumi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.

«G‘arbning misli ko‘rilmagan siyosiy va sanksiyalar bosimi bizni birlashish jarayonlarini tezlashtirishga undamoqda. Zero, birgalikda noqonuniy sanksiyalardan yetkaziladigan zararni minimallashtirish, talab qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi vakolatlarni amalga oshirish va do‘st davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish osonroq», degan u.

Aleksandr Lukashenko, o‘z navbatida, forum ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida sobiq ittifoq mamlakatlari «agar o‘zlarining suvereniteti va mustaqilligi saqlab qolishni istasalar», Rossiya va Belarus ittifoqi bilan yaqinlashuvdan «manfaatdor bo‘lishlari» kerakligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, bu Lukashenkoning MDH davlatlariga qara aytgan birinchi tahdidli chiqishi emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring