Lukashenko «to‘ygani»ni ma’lum qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xalqqa va parlamentga murojaat qilib, u mamlakat konstitutsiyasini «o‘zi uchun moslashtirmoqchi emasligini», chunki uning davri yakunlayotganini e’lon qildi.
«Ko‘pchilik Lukashenko bu konstitutsiyani o‘zi uchun yaratgan, deyishadi. Kechirasiz, men buni qilmadim. Mening davrim o‘z nihoyasiga yetmoqda va men o‘zim uchun hech qanday konstitutsiya tuzmayman», — dedi Lukashenko.
«Prezidentingiz kim bo‘lishini o‘zingiz hal qilasiz. Lekin men sizga hoziroq aytaman — men to‘ydim. Siz qaror qilasiz — bugun bu haqda gapirishni bas qiling», — deya qo‘shimcha qildi Lukashenko o‘z murojaatida.
U bu masalada xalq mas’uliyatini bir necha bor ta’kidlaganini eslatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter