Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko NATO mamlakatlariga dushman ko‘zi bilan qaramaslikka chaqirdi

Lukashenko NATO mamlakatlariga dushman ko‘zi bilan qaramaslikka chaqirdi

Foto: «Kommersant»

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «NATO bilan o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni o‘rnatish» lozimligini ta’kidladi. Bu haqda «Ridus» xabar bermoqda.

Yevropa tashkilotlari bilan integratsiyalashgan tuzilmalarda qatnashish va hamkorlik qilishga bag‘ishlab o‘tkazilgan Minskdagi yig‘ilishda Belarus rahbari xuddi qo‘shnilari kabi uning mamlakati uchun ham yangi ajratuvchi chiziqlar kerak emasligini aytdi.

«Biz ular bilan gaplashishimiz kerak. Ularga dushman sifatida qaramasligimiz kerak», — dedi Lukashenko Shimoliy Atlantika alyansi mamlakatlari haqida so‘zlarkan.

Lukashenko NATOga a’zo uch mamlakat hamda bu tashkilotga kirishga zo‘r berib intilayotgan Ukraina  Belarusga qo‘shni ekanini alohida qayd etib o‘tdi.

Avvalroq prezident Lukashenko Belarus hech qachon Rossiya boqimandasi bo‘lmagani va bo‘lmasligini, agar zarurat tug‘ilsa neft boshqa mamlakatlardan sotib olinishini bildirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring