Lukashenko yettinchi bor prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

Lukashenko mamlakatni 1994 yildan beri boshqarib kelmoqda va bu saylovlarda yettinchi muddatga qayta saylandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hali o‘ziga o‘rinbosar qidirmayapti.
Belarusning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko yettinchi muddatga qayta saylandi. Markaziy saylov komissiyasi rahbari Igor Karpenkoning ma’lumotiga ko‘ra, saylovchilarning 86,82 foizi amaldagi prezidentga ovoz berdi.
Lukashenkoning o‘zi kecha tongda ovoz berib, 4,5 soat davom etgan matbuot anjumani o‘tkazdi. Xususan, u hali o‘z o‘rniga o‘rinbosar qidirmayotganini bildirdi. «Bu haqda saylovdan keyin o‘ylab ko‘ramiz», degan u.
Belarusda prezidentlik saylovlari 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Ularda Lukashenkodan tashqari yana to‘rt nomzod ishtirok etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter