Lukashenko davlatga xiyonat qilgan amaldorlarga o‘lim jazosi berilishi haqidagi qonunni imzoladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mansabdor shaxslar va harbiy xizmatchilarni davlatga xiyonat qilganlik uchun o‘lim jazosi haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
«Prezident «Jinoyat javobgarligi to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Hujjatdan ko‘zlangan asosiy maqsad ekstremistik (terroristik) va davlatga qarshi jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirishdan iborat», – deyilgan xabarda.
Qonun bunday jinoyat uchun jinoiy javobgarlikni davlat lavozimini egallab turgan barcha shaxslarga ham tatbiq etadi.
«Shu bilan birga, mansabdor shaxs yoki harbiy xizmatchi tomonidan davlatga xiyonat qilganlik uchun alohida jazo chorasi – o‘lim jazosini qo‘llash imkoniyati joriy etilgan», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter