Lukashenko Belarus armiyasini urushga tayyorgarlik ko‘rishga buyurdi
Kecha 20 sentyabr kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko urush davri standartlari bo‘yicha davlat mudofaasiga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi. Bu haqda News FRONT xabar berdi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovichga «davlat mudofaasiga bag‘ishlangan prezident tadbirini tayyorlash, shuningdek, harbiy qismlardan tortib, xalq militsiyasigacha bo‘lgan barcha kuchlarni tekshirish»ni topshirdi.
Nashrning yozishicha, Lukashenkoning bunday farmoyishdan ko‘zlangan maqsad: «urush me’yorlariga muvofiq tayyor bo‘lish».
Avvalroq, 20-sentyabr seshanba kuni Lukashenko Rossiya armiyasining Belorussiya orqali orqasidan pichoqlanishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter