Lukashenko avtomat bilan yugurib yurganini izohladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko noroziliklar paytida qarorgohi yonida avtomat ko‘tarib yurgani uchun tanqid qilmasliklarini so‘radi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z xalqiga qarata o‘q uzish u yoqda tursin, hatto barmog‘i bilan ham ko‘rsatmagan.
«Ko‘chada avtomat bilan yugurib yurganim va o‘z xalqimga qarshi o‘q uzishim mumkinligi uchun meni tanqid qilishga tushdingiz. Quloq soling, men chorak asrdan buyon xalqimga o‘q uzish u yoqda tursin, hatto barmog‘im bilan ham ko‘rsatmaganman», — deya Belarus yetakchisining so‘zlarini keltirgan «Sputnik Belarus».
O‘tgan yakshanba kuni namoyish aksiyalari ishtirokchilari Minskda Aleksandr Lukashenkoning qarorgohigacha yetib kelishgan. Faqat OMON ularni Mustaqillik saroyiga o‘tkazmagan. So‘ng Lukashenko qarorgohiga vertolyotda kelgan. Shundan keyin Belarus prezidenti vertolyotdan bronejiletda va avtomat bilan chiqqani tasvirlangan video va fotosuratlar tarqalib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter