Luiziana shtatida qurolli hujum: 3 kishi halok bo‘ldi
«AQShning Luiziana shtati Nyu-Orlians shahrida noma’lum shaxslar qurolli hujum uyushtirishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi og‘ir jarohatlandi», — deya xabar beradi «Hurriyet.com.tr» sayti.
Nyu-Orlians shahri politsiyasi voqea yuzasidan surishtiruv boshlanganini, qo‘poruvchilarni qo‘lga olish operatsiyasi olib borilayotganini ma’lum qildi.
Shahar politsiya mahkamasi matbuot kotibi Aron Luneyning aytishicha, yaralanganlar Nyu-Orlians universiteti tibbiyot markaziga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter