Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lotereyada 157 million yevro yutgan shaxs qidirilmoqda

Lotereyada 157 million yevro yutgan shaxs qidirilmoqda

Foto: «Ria.ru»

Lotereyada beshta raqamni to‘g‘ri topgan Fransiya fuqarosi 157 million yevro miqdorida yutuq g‘olibiga aylandi.

«U beshta raqamni va ikkita yulduzchani to‘g‘ri topgan yagona shaxs hisoblanadi», — deya xabar berdi «Parisien» gazetasi. Sovrinli o‘yin seshanba kuni oqshom bo‘lib o‘tgan.

Nashrning yozishicha, ushbu sovrin Fransiya hududida 2004-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan ushbu turdagi o‘yinlarning butun tarixi davomida kattaligi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Rekordchi yutuq miqdori 170 million yevroni tashkil etadi. Uni 2012-yili Alp departamentida istiqomat qiluvchi kishi qo‘lga kiritgan.

Omadi chopgan insonning ismi ham, jinsi ham hozircha noma’lum. G‘olib 60 kun ichida kelib, omadli chiptani kattagina pulga aylantirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring