Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Londonlik hamshira yaxshilik qilaman deb baloga qoldi

Londonlik hamshira yaxshilik qilaman deb baloga qoldi

Foto: «Moskva 24»

Londonlik hamshira o‘zining bog‘idagi olmalarni terib, qutiga joyladi va xohlagan odam olib yeyishi uchun ko‘chada qoldirdi. Shahar kengashi uning bu harakatidan mamnun bo‘lmagan shekilli, ayolni jarimaga tortdi, deb xabar berdi «The Sun».

33 yoshli Lidiya Farrell insoniylik nuqtai nazaridan shunday yo‘l tutgandi. Axir g‘arq pishgan olmalar yerga to‘kilib, chirishi mumkin. Mevalar uvol bo‘lmasligi uchun ayol yo‘lovchilarni mehmon qilishga qaror qildi. Farrell qutiga «Yesa bo‘ladigan bepul olma» deb yozib qo‘ydi.

Ko‘p o‘tmay ayol «ko‘chaga axlat tashlagani uchun» 150 funt (taxminan 2 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortildi. Tabiiyki, uning xatti-harakatini noto‘g‘ri talqin qilishganidan ayol xafa bo‘ldi va bor dardini «Facebook»dagi sahifasiga to‘kib soldi. Izoh qoldiruvchilar Farrellni qo‘llab-quvvatlashdi: uysiz yoki moliyaviy qiynalib qolganlar hech bo‘lmaganda ochlik hissini unutishgan bo‘lardi.

«Bepul yegulik taklif qilish — chindan ham qoyil ish», — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Sal keyinroq shahar kengashi vaziyatga oydinlik kiritib, jarimani bekor qildi. Qizdan esa uzr so‘rashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring