Londonda favqulodda holat e’lon qilindi
Buyuk Britaniya poytaxti Londonda favqulodda holat e’lon qilindi. Koronavirus yangi shtammining shiddat bilan tarqalayotgani shunga majbur qildi.
Shahar meri Sodiq Xon «Sky News» telekanali orqali qilgan murojaatida qator mutaxassislar bilan bamaslahat shu qarorga kelinganini ta’kidladi. Mutaxassislar agarda shoshilinch choralar ko‘rilmas ekan, shahar shifoxonalari «omikron» shtammi bilan kasallangan bemorlarga to‘lib ketishidan ogohlantirishgan.
So‘nggi haftada Londonda o‘tgan haftaga solishtirganda koronavirus bilan kasallanishlar 28 foizga o‘sgan. 13-dekabr kuni Buyuk Britaniyada «omikron» oqibatida ilk o‘lim holati qayd etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter