Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Livanliklar mamlakat ustidan nazoratni Fransiyaga qaytarishni talab qilishdi

Livanliklar mamlakat ustidan nazoratni Fransiyaga qaytarishni talab qilishdi

Foto: «Al Arabiya»

Bayrut portidagi portlashdan so‘ng mamlakat ustidan nazoratni Fransiyaga qaytarish bo‘yicha petitsiyaga ovoz yig‘ish boshlandi. Bu haqda «Al Arabiya» xabar berdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga yo‘naltirilgan petitsiya uning Livanga tashrifidan bir kun avval e’lon qilingan.

«Livan rahbariyati mamlakatni boshqarish va xavfsizligini ta’minlashga tamomila layoqatsizligini ko‘rsatdi. Biz Livan ustidan muttasil nazorat uzoq muddatga Fransiyaga qaytarilishini istaymiz», — deyiladi petitsiyada.

Petitsiya 60 mingdan ortiq ovoz to‘plagan.

Ma’lumot uchun: Livan 1923-yildan 1944-yilgacha Fransiya nazorati ostida bo‘lgan. Parij 1944-yilda boshqaruvni Livan hukumatiga topshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring