Livanda yana portlash: HAMAS o‘q-dori ombori portlagani aytilmoqda
Kecha, 10-dekabr sanasida Livan janubida, Tir shahridan 3 km. olisda kuchli portlash sodir bo‘ldi, oqibatda 12 kishi jarohatlangan, bu haqda «El Nashra» portali xabar berdi.
Ayrim manbalarga ko‘ra, HAMAS guruhiga tegishli o‘q-dori ombori portlab, kuchli yong‘in kelib chiqqan. Hodisa ro‘y bergan joyda falastinlik qochoqlar lageri joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 4-avgust kuni Livan poytaxti Bayrut shahri portida ulkan portlash oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘lgan, besh minggga yaqin inson jabrlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter