Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Litva Ukrainaga yuzlab transformator va ikki million yevro beradi

Litva Ukrainaga yuzlab transformator va ikki million yevro beradi

Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskasning aytishicha, Litva energetika sektorini qayta tiklash uchun Kiyevga yana ikki million yevro yuboradi.

Xabar qilinishicha, Litva energetika kompaniyalari Ukraina energetika sektorini tiklash uchun uch million yevro yordam yuborgan. Bunga qo‘shimcha ravishda yana 2 million yevro yordam yuborilishi ko‘zlanmoqda.

Bundan tashqari, energetika infratuzilmasini tiklash uchun Litvadan Ukrainaga 114 ta transformator ortilgan oltita yuk mashinasi jo‘natildi. Mamlakat jami 252 ta transformatorni Ukrainaga bepul berish niyatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring