Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Litva Qora dengizdagi mojaro sabab Rossiyaga sanksiyalar kiritdi

Litva Qora dengizdagi mojaro sabab Rossiyaga sanksiyalar kiritdi

Foto:«Migrantinform.ru»

Litva Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalari Rossiya tomonida qo‘lga olinishi tufayli rasmiy Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritganini ma’lum qildi. Bu haqda Litva prezidenti Dalya Gribauskayte Ukraina rahbari Petr Poroshenko bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

 «Xalqaro tashkilotlar Rossiyaning harakatiga hozircha hech qanday sanksiyalar joriy etmadilar, ammo biz  Kerch qo‘ltig‘idagi holat yuzasidan milliy sanksiya va norozilik belgisini namoyish qilamiz» degan Litva prezidenti.

RIA «Novosti»ning xabar berishicha, lekin u aynan qanday choralar ko‘rilganiga oydinlik kiritmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Kerch qo‘ltig‘idan Rossiya chegarasini kesib o‘tgan Ukraina harbiylari qo‘lga olingan edi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring