Lavrov Ukraina bilan muzokaralarni kechiktirish xavfini baholadi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarni kechiktirish xavfini baholadi. Uning fikricha, jarayon qanchalik kechiksa, kelishish shunchalik qiyin bo‘ladi. Bu haqda TASS axborot angentligi ma’lum qildi.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, prezident Vladimir Putin davlat dumasi rahbariyati va fraksiya rahbarlari bilan uchrashuvda Rossiyaning pozitsiyasini bayon qilgan.
«Prezident uchrashuv ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, Ukraina «tarixi» haqida gapirib, biz muzokaralardan bosh tortmaymiz, biroq buni rad etayotganlar tushunishlari kerakki, ular bu jarayonni qancha vaqt kechiktirsa, biz bilan muzokara olib borish shunchalik qiyin bo‘ladi», deydi Lavrov.
Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskvaning Kiyev bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Kremlning Ukraina tomoniga qo‘yayotgan talablari o‘zgarishsiz qolmoqda. Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, prezident Volodimir Zelenskiy ularga so‘zsiz qarshi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter