Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lavrov NATO kengayishini fashistlar Germaniyasi siyosati bilan tenglashtirdi

Lavrov NATO kengayishini fashistlar Germaniyasi siyosati bilan tenglashtirdi

Rossiya uchun NATO ittifoqining sharqqa kengayishi Adolf Gitler boshchiligidagi Uchinchi Reyxning asosini tashkil etgan tashqi siyosatga o‘xshaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov xavfsizlik xizmatlari vakillarining XI xalqaro uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

«Aslida, NATOning beparvolik bilan kengayishi Gitlerning «Drang nach Osten» siyosati asosidagi intilishlarni aks ettiradi», – degan Sergey Lavrov.

Shuningdek, Rossiya 2021 yil dekabrida o‘zaro kafolatlar bo‘yicha tashabbusni ilgari surgan holda NATO davlatlari bilan xavfsizlik masalalarini ochiq hal qilishga uringanini qo‘shimcha qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring