KXDR va Janubiy Koreya rahbarlari ikkinchi bor uchrashdilar

Shimoliy va Janubiy Koreya rahbarlari — Kim Chen In va Mun Chje In ikkala davlat o‘rtasidagi betaraf hududda uchrashdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan shu yil 12 iyunda Singapurda o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuvni avval bekor qilib, keyinchalik esa uchrashuvni o‘tkazishga yana umid uyg‘otgan edi.
Bu boradagi vaziyat mavhumligicha qolayotgan bir paytda ikkala Koreya rahbarlarining uchrashgani butun dunyoning e’tiboriga tushdi.
Janubiy Koreya yetakchisi Mun hamkasbi Kim bilan chegaradagi Panmunjon qishlog‘ida, bu safar chegaraning shimol tarafida uchrashdi.
Mahalliy vaqt bilan tushdan keyin o‘tkazilgan uchrashuvda AQSh bilan Shimoliy Koreya rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv haqida fikr almashilgan.
Ikkala Koreya yetakchilarining uchrashuvi tafsilotlari ertaga ertalab ommaga oshkor qilinadi.
Ushbu uchrashuv ikki Koreya rahbarlarining joriy yildagi ikkinchi uchrashuvi sanaladi. Joriy yilning 27 aprel kuni ikki Koreya sammitida ham yetakchilar o‘zaro muzokara olib borgan edilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter