Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDR tomoni keskin tahdid bilan chiqdi

KXDR tomoni keskin tahdid bilan chiqdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘lim mudiri o‘rinbosari Kim Yo Chjon agar Janubiy Koreya «harbiy qarama-qarshilikka borsa» mamlakat yadro qurolidan foydalanishini aytdi.

Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.

«Agar Janubiy Koreya harbiy qarama-qarshilikka kirsa, bizning yadroviy jangovar kuchlarimiz muqarrar ravishda o‘z burchlarini bajarishga majbur bo‘ladi», — deya Kim Yo Chjonning so‘zlarini keltirgan agentlik.

Shuningdek, u Janubiy Koreya mudofaa vazirining KXDRga qarshi zarba berish haqida gapirishi «juda katta xato»  ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya mudofaa vaziri So Uk 1 aprel kuni Janubiy Koreya qurolli kuchlari Shimoliy Koreyada «har qanday nishonni aniq va tez urish»  imkoniyatiga ega bo‘lgan ko‘p sonli va turli turdagi raketalarga ega ekanligini aytgandi.

Bir necha kun avval Janubiy Koreya razvedkasi KXDR yetakchisi xatarli amaliyotga qo‘l urmoqchiligi bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring