Kuvaytda +73 daraja issiq: mashinalar erib ketmoqda (video)
Shu kunlarda jazirama havo hatto Kuvaytdek issiq o‘lkada ham rekordlarni yangilamoqda: Selsiy bo‘yicha bu mamlakatda soyada +53,3 daraja, quyoshli joylarda +73,3 darajali issiq harorat (6-iyul) qayd etildi, xabar bermoqda «Islam-today.ru».
Hatto avtomobillar erib ketmoqda, bu issiqda.
Mahalliy «Al Rai» nashri yozishicha, bu yilgi yozda amirlikda so‘nggi 70 yildagi eng issiq havo harorati hukm suryapti.
Dunyoning boshqa yurtlarida ham anomal issiq havo zabtiga olgan. Kanadaning Britaniya Kolumbiyasida havo harorati 40-45 darajagacha qizib ketishi oqibatida 719 kishi nobud bo‘lgan — ularning aksariyati keksalar. Meteorologlar 29-iyun kuni ushbu hududdagi Litton shahrida 49,6 darajali harorat rekordini qayd etishgan.
AQSh ham g‘ayritabiiy jaziramadan aziyat chekmoqda. Kaliforniya shtati sharqidagi «O‘lim vodiysi»da havo harorati 53°C dan oshib ketdi. Ayrim shtatlarda 40 darajali issiq yozgi me’yorga aylanib qoldi. Amerikaning ayrim shaharlari ma’muriyatlari jazirma issiqdan tolgan odamlar kirib jon saqlashlari maxsus sovituvchi stansiyalarni ochishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter