Kurdiston ishchi partiyasi Turkiyaga qarshi qurolli harakatlarni to‘xtatdi

Suratda: Abdulla Ojalan (o‘rtada)
Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) Turkiyaga qarshi qurolli kurash to‘xtatilgani haqida e’lon qildi.
Avvalroq partiya yetakchisi Abdulla Ojalan tashkilot a’zolarini «qurollarni tashlash va tarqalish»ga chaqirgandi.
Prokurd demokratlar ishchi partiyasi vakillari Istanbul yaqinidagi Imrali qamoqxona-orolida KIP yetakchisi bilan 27-fevralda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, Ojalanning bayonoti turk va kurd tillarida o‘qib berilgandi.
OAV bilan uchrashuvdan so‘ng Ojalanning uzoq yillardan so‘ng ilk fotsurati tarqatildi.
Ma’lumot uchun: Kurdiston ishchi partiyasi — kurdlarning eng yirik tashkiloti. Turkiya va yana taxminan 40 mamlakatda KIP terrorchi tashkilot deb e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter