Kuchli zilzila oqibatida Olmaotada odamlar derazadan sakrab jarohat olishdi
23 yanvar kuni ertalabgi holatiga ko‘ra, shifokorlar zilzila paytida jabrlangan sakkiz nafar Olmaota aholisiga yordam ko‘rsatgan. Bir kishi og‘ir jarohat oldi, uning ahvoli og‘ir, deb xabar bermoqda Zakon.kz.
Yer silkinishlari paytida ikkinchi va uchinchi qavat derazalaridan sakrab uch kishi jarohatlangan.
«Tezkor ko‘rikdan so‘ng ikki jabrlanuvchi ambulator davolanishga jo‘natildi, uchinchi bemorning ahvoli og‘ir deb baholanib, u kasalxonaga yotqizildi», — deyiladi Olmaota sog‘liqni saqlash departamenti matbuot xizmati xabarida.
Besh kishi uydan chiqib qochayotganda jarohatlangan. Barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgach, ular ambulator davolanishga jo‘natilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha tunda Xitoy-Qirg‘iziston chegarasida 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu zilzila vodiy viloyatlari va Toshkentga ham ta’sir qildi.
Olmaotadagi zilzila kuchi besh ballga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter