Kreml Rossiyada 2024 yilda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo‘lib o‘tishini aytdi.
«Har qanday saylov, ayniqsa, davlat rahbari saylovi nihoyatda muhim. Prezident Federal Majlisga murojaatida bo‘lajak munitsipal va prezidentlik saylovlariga o‘z munosabatini bildirdi. Shuning uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi», – degan Dmitriy Peskov.
Ma’lumot uchun, Putin o‘zining fevral oyidagi murojaatida sentyabrda mahalliy va mintaqaviy saylovlar hamda 2024 yilgi prezidentlik saylovlari qat’iy qonunchilik asosida o‘tkazilishini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter