Marsga parvoz uchun mo‘ljallangan kosmik kema qo‘nish paytida portlab ketdi
SpaceX Marsga parvozlar uchun ishlab chiqilgan Starship SN10 prototip kosmik kemasining oldinroq kechiktirilgan sinov uchishi amalga oshirilganligini xabar qildi.
«Starship SN10 Boka-Chika hududida AQShning sharqiy qirg‘og‘ida soat 18:15 da parvozni amalga oshirdi. Kema taxminan 10 km balandlikka ko‘tarilib, uchirish kompleksi yonida joylashgan joyga qaytib qo‘ndi. Sinovdagi kema birinchi marta qo‘nishni amalga oshirdi, biroq bir necha daqiqa o‘tgach u portlab ketdi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Marsga sayohat 2024 yilda rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter