Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning ikki xavfli shtammini yuqtirgan 90 yashar ayol vafot etdi

Koronavirusning ikki xavfli shtammini yuqtirgan 90 yashar ayol vafot etdi

To‘qson yoshli belgiyalik ayol bir vaqtning o‘zida koronavirusning britancha va Janubiy Afrika variantlarini yuqtirganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda France Presse agentligiga asoslanib TASS xabar bermoqda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u COVID-19 bilan emlanmagan bo‘lgan. Mart oyida ayol Belgiyaning Alste shahridagi shifoxonaga bir necha marta xushidan ketib yiqilib tushgani sababli yotqizilgan. O‘sha kuni unga koronavirus tashxisi qo‘yilgan va keyinchalik uning ahvoli yomonlasha boshladi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, u virusning «alfa» va «beta» turlari bilan kasallangan.

«Bu ikki variant ham o‘sha paytda Belgiyada keng tarqalgandi. Shu sababli ayol bu shtammlarni har xil kishilardan yuqtirgan bo‘lishi mumkin»,—deydi molekulyar biolog Anna Vankirbergen. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring