Koronavirusga chalingan Karakas hokimi vafot etdi
Venesuela poytaxti Karakas meri Dario Vivas hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Tarek Vilyam Saab «Twitter»da ma’lum qilgan.
Iyulning o‘rtalarida koronavirusni yuqtirib olgan 70 yoshli shahar hokimi olamdan o‘tdi.
«Yaqin do‘stimiz va sodiq inqilobchi Dario Vivasning vafoti haqidagi qayg‘uli xabarni afsus bilan ma’lum qilamiz. Biz u bilan birga 1980-yillarda Karakas ko‘chalarida xalqimiz va vatanimizni himoya qilish uchun mardona kurashda ishtirok etganmiz», — deb yozadi Venesuela bosh prokurori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter