Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan yashirinish uchun eng zo‘r joy sotuvga qo‘yildi

Koronavirusdan yashirinish uchun eng zo‘r joy sotuvga qo‘yildi

Foto: «Daily Mail»

Buyuk Britaniyaning Devon grafligida Ikkinchi jahon urushi paytida bombadan saqlagan bunker sotuvga qo‘yildi, deb yozmoqda Britaniyaning «Daily Mail» gazetasi.

«Hope Cove» («Umid buxtasi») deb nomlanuvchi ushbu inshoot radar markazi sifatida loyihalashtirilgan bo‘lib, 1941-yilda qurib bitkazilgan. Yer osti va yer ustida joylashgan ikki qavatli ob’yektda 60 ta xona mavjud. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng u havo hujumidan mudofaa tizimida qo‘llanilgan va yadro urushi boshlangan taqdirda Buyuk Britaniya hukumati uchun xavfsiz joy vazifasini o‘tagan.

Sotuvchi bunkerni koronavirus pandemiyasidan omon qolish uchun «eng zo‘r joy» deb ataydi. Ob’yektning boshlang‘ich narxi 400 ming funt sterling (545 ming dollar). Auksion 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring