Koronavirusdan qo‘rqqani uchun 3 oy aeroportda yashadi
Kaliforniyalik kishi koronavirusdan qo‘rqib, uch oy Chikago xalqaro aeroportida noqonuniy yashagan. Bu haqda «Chicago Tribune» xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, 36 yoshli Aditya Singx aeroport xodimi yo‘qotib qo‘ygan beyjikdan foydalangan holda O‘Xar aeroportining qo‘riqlanadigan joyida yashirinib yurgan. Sudda u COVID-19 tufayli o‘zining jonajon Los-Anjelesiga uchib ketishdan qo‘rqqanini tan oldi. Singxning aytishicha, boshqa yo‘lovchilar unga ovqat berib turishgan.
Aditya aeroportning taqiqlangan hududiga jinoiy yo‘l bilan kirganlikda hamda mol-mulkni o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda. Advokati vaziyat noodatiy bo‘lishiga qaramay, Singxning harakatlarida zo‘ravonlik yo‘qligini ta’kidlamoqda. U mehmondo‘stlik sohasida magistr darajasiga ega, ammo ishsiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter