«Koronavirus yili»da milliarderlar misli ko‘rilmagan darajada boyidi — «Forbes»
Koronavirus pandemiyasi hukm surgan 2020-yilda jahon milliarderlari boyligiga 1,9 trillion dollar qo‘shildi. Ushbu ma’lumot «Forbes» tomonidan taqdim etildi.
Ta’kidlanishicha, hammadan ko‘p xitoylik 400 nafar milliarder boyidi: ularning boyligiga bir yilda 750 milliard qo‘shilib, jami 2 trillion dollarga yetdi.
Boyish borasida amerikalik milliarderlar ikkinchi — 2020 yilda 560 milliard qo‘shilgan, jami 4 trillion dollar.
Uchinchi o‘rinda fransuz boylari: 95 milliard qo‘shilgan, jami 500 mlrd. dollar.
«Forbes»ga ko‘ra, 2020-yil 11-dekabr holatiga ko‘ra, jahon milliarderlari umumiy boyligi 11,4 trillion dollarga yetgan, bu o‘tgan yilgisidan (9,5 trillion) 20 foizga yuqori.
«2020 — pandemiya oqibatida ihotalanishlar, siyosiy evrilishlar va eng boy odamlar misli ko‘rilmagan darajada boyigan yil bo‘ldi», deyiladi maqolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter