Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Xitoydan tashqarida ikkinchi o‘lim holati qayd etildi

Koronavirus: Xitoydan tashqarida ikkinchi o‘lim holati qayd etildi

Foto: «Ilmessggero.it»

Koronavirus oqibatida Xitoydan tashqarida ikkinchi o‘lim holati Gonkongda qayd etildi: 39 yoshli erkak kishi vafot etdi.

Filippinda 44 yoshli erkak koronavirus oqibatida vafot etgani haqida xabar bergandik.

Foto: «Reuters»

«Reuters» xabariga ko‘ra, 39 yoshli bemorning o‘limiga tibbiyot xodimlari ish tashlashi ham qaysidir ma’noda sabab bo‘lgan. Chunki barcha vrachlar norozilik namoyishiga chiqib ketgani bois ko‘plab kasallar qatori koronavirusni yuqtirganlarning ham ahvoli yomonlashgan.

Ma’lum qilinishicha, vafot etgan kishi 21-yanvar kuni Xitoyning Uxan shahriga borgan, bir-ikki kundan keyin Gonkongga qaytib kelgan, unda kasallikning ilk simptomlari 31-yanvar kuni yuzaga chiqqan. Vrachlarga murojaat qilganida koronavirus tashxisini qo‘yishdi. Kasalligi zo‘rayib ketishiga ilgaritdan yurak xastaligidan aziyat chekib kelgani ham sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Dushanba, 3-fevral kuni 2700 nafar tibbiyot xodimi Gonkong chegaralarini yopish hamda kasalxonalar xodimlarini koronavirusdan himoyalash hamda talabi bilan namoyishga chiqishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda yaqinda bo‘lgan xorijliklar uchun AQSh, Avstraliya, Singapur, Yangi Zelandiya va Vetnam o‘z chegaralarini yopgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring