Koronavirus qayd etilgan mamlakatlar soni 65 taga yetdi

Indoneziya koronavirus («COVID-19») qayd etilgan mamlakatlar ro‘yxatini to‘ldirdi. Bu faktni bugun, 2-mart kuni mamlakat prezidenti Joko Vidodo tasdiqladi.
Koronavirusni yuqtirgan ikki bemor kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, bir kun muqaddam Chexiya va Dominikan Respublikasi hududlarida ham koronavirus aniqlangandi.
Shu tariqa koronavirus aniqlangan mamlakatlar soni 65 taga yetdi.
Ma’lumot uchun: Indoneziya aholisi soni bo‘yicha (266,4 mln, 2018 y.) jahonda to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter