Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus odamdan itga yuqdi — Gonkong

Koronavirus odamdan itga yuqdi — Gonkong

Foto: «Pixabay»

Gonkongda yangi turdagi koronavirusning odamdan hayvonga yuqishi qayd etildi. Mutaxassislar uy itida COVID-19ni aniqlashdi.

Fevral oyi oxirlarida koronavirusga chalingan odamning iti ham karantinga olingani haqida xabarlar berilgandi. Hayvonda o‘tkazilgan tekshiruvlar bir necha marta kuchsiz musbat natija berdi, ya’ni itda COVID-19 bilan kasallanishning kuchsiz darajasi kuzatilgan.

Ayni paytda itda kasallanishning hech qanday alomatlari kuzatilmayapti, biroq uning organizmida virus batamom yo‘qolganidan so‘nggina egasiga qaytarib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring