Koronavirus bo‘yicha vaziyat yomonlashmoqda — JSST

Yevropada koronavirus bo‘yicha vaziyat izga tusha boshladi, biroq global miqyosda buning aksi bo‘lyapti. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesus bayonot berdi.
Tashkilot o‘tgan kuni COVID-19 bo‘yicha yangi holatlar 136 mingtaga yetganidan xavotir bildirdi.
«136 mingta holatning 75 foizi Amerika va Janubiy Osiyodagi o‘nta mamlakatga to‘g‘ri keldi», — deya ta’kidlagan Gebreyesus barcha mamlakatlarni koronavirusga qarshi kurashishda «tezlikni» pasaytirmaslikka chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter