Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus amirliklarda ham topildi

Koronavirus amirliklarda ham topildi

Foto: «Reuters»

Xitoydan tarqagan koronavirusning yangi turi Birlashgan arab amirliklari (BAA)da ham birinchi marta qayd etildi. Amirliklar yangiliklar agentligi mamlakat sog‘liqni saqlash va profilaktika vazirligiga asoslanib xabar berishicha, tekshiruvlar Xitoyning Uxan shahridan oilasi bilan dam olishdan qaytgan erkak kishida ushbu virus mavjudligini ko‘rsatgan.

«BAAda koronavirus bilan kasallanishning birinchi holati aniqlanganida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan barcha ilmiy tavsiyalar, choralar va standartlarga amal qilindi», — deyiladi amirliklar SSV xabarida.

Bemorning ahvoli hozir barqarorligi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring