Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy TIV: «Koreya yarimorolida tinchlik jarayoni to‘xtamasin»

Xitoy TIV: «Koreya yarimorolida tinchlik jarayoni to‘xtamasin»

Foto:«Report.az»

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I barcha manfaatdor tomonlarni Koreya yarimorolida tinchlik jarayonini to‘xtatmaslikka chaqirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Koreya yarimorolidagi muammolarni bartaraf etish uchun tomonlar ziddiyatga bormay, bir-biriga yon bosishi kerak. Tarixdan saboq chiqarishimiz lozim. Biz mash’um voqealar takrorlanishini xohlamaymiz», – degan Van I Parijda jurnalistlar bilan uchrashuvida.

Xitoy vazirining ma’lum qilishicha, Koreya yarimorolidagi vaziyatni yumshatish oson bo‘lmagan. Bunday vaziyatni yuzaga keltirishda har ikkala Koreya yetakchilarining shaxsiy tashabbuslari qo‘l kelgan.

«Qolganlar, ayniqsa, AQSh tinchlik uchun paydo bo‘lgan bu vaziyatni juda qadrlashi kerak. Hamma tinchlikni asrashga harakat qilishi darkor. Aks holda jarayon cho‘zilib ketadi», – deya qo‘shimcha qilgan Van I.

Avvalroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan vazirlar darajasida muzokara o‘tkazishni AQSh bilan Janubiy Koreya o‘rtasida 11-may kuni boshlangan va 25-maygacha davom etadigan «Max Thunder» harbiy mashqlari tufayli rad etgan edi.

Seuldan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mashqlarda yuzga yaqin samolyot, shu jumladan 8 ta «F-22» rusumli «ko‘rinmas» qiruvchi samolyotlar ishtirok etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring