Kongoda samolyot halokatga uchradi
Kongo Demokratik Respublikasida yuk samolyoti halokatga uchrashi oqibatida besh kishi nobud bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7».
Mahalliy matbuotning yozishicha, «Air Kasai» firmasiga qarashli «Antonov» samolyoti Angola chegarasi yaqinidagi Kamako aeroportidan parvoz qilganidan so‘ng qisqa vaqt o‘tib Kasai shtatining Tshikapa shahrida halokatga uchragan.
Samolyotda 7 kishi bo‘lgan, baxtli tasodif tufayli ulardan ikki kishi tirik qolgan.
Samolyot halokatiga nima sabab bo‘lgani hali noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter