Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kongoda Eboladan 200 kishi halok bo‘ldi

Kongoda Eboladan 200 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Korrespondent.net»

Kongo Demokratik respublikasida Ebola virusi oqibatida iyul oyidan buyon 200 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining «Twitter»dagi sahifasida xabar bergan. Bu Shimoliy Kivu va Ituri provinsiyasidagi qurbonlar soni.

10 noyabr hisobiga ko‘ra, 326 ta Ebola bilan zararlanish holati qayd etilib, ulardan 291tasi tasdiqlangan, 35tasi tahminiy.

Faqatgina so‘nggi sutka ichida yana 7ta yangi kasallanish va 3ta o‘lim holati qayd etilgan. Vafot etganlarning umumiy soni 201 nafar, ulardan 166 nafarida kasallik laborator tahlillar bilan tasdiqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring