Komada yotgani aytilgan Kim Chen In koronavirusga qarshi majlis o‘tkazdi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi (WKP) siyosiy byurosining koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan yig‘ilishini o‘tkazgan. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar tarqatdi.
Yig‘ilishda «global sog‘liqni saqlash inqirozi oqibatlarini bartaraf etish» bo‘yicha davlat siyosati masalalari, shuningdek respublika chegaralarida koronavirusni oldini olish bo‘yicha mamlakat rahbariyatining kamchiliklari muhokama qilindi.
«Oliy rahnamo ... epidemiyaga qarshi tayyorgarlikni yanada kuchaytirish, aholini qo‘llab-quvvatlash va pandemiyaga qarshi kurashda qator kamchiliklarga chek qo‘yish uchun partiya va butun jamiyat bo‘ylab faol choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi», deyiladi agentlik bayonotida.
Avvalroq KXDRda koronavirus infeksiyasiga shubha qilingan bir holat qayd etilgan edi. Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, kasallik tasdiqlanmagan va rasman respublika pandemiyadan xoli.
Shuningdek, ayrim OAVlarda KXDR lideri komada yotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Aprel oyida ham Kimning vafot etgani haqida mish-mishlar tarqalgandi. Oxirida bu xabarlar asossiz bo‘lib chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter