Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kolumbiyada soliq islohotiga qarshi namoyishlarda 19 kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyada soliq islohotiga qarshi namoyishlarda 19 kishi halok bo‘ldi

Foto: RT

Kolumbiyada soliq islohotiga qarshi norozilik namoyishlari davomida (o‘tgan hafta boshlangan) 19 kishi halok bo‘ldi, 800 ga yaqin inson jarohatlangan. Bu haqda mamlakatdagi ombudsmenga asoslanib EFE agentligi xabar berdi.

Foto: EFE

Kolumbiya mudofaa vaziri Diyego Molanoning aytishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati kuch ishlatar tizimlar xodimlari. «El Pais» yozishicha, mamlakat bo‘ylab 431 kishi qo‘lga olingan.

Norozilik namoyishlari boshlanganidan so‘ng Kolumbiya Moliya va davlat kreditlari vaziri Alberto Karraskilya iste’foga chiqdi. Uning o‘rniga Savdo, sanoat va turizm vaziri Xose Manuel Restrepo tayinlangan.

Mudofaa vaziri namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilishini oqladi. Molanoga ko‘ra, ayrim hududlarda «agressiv odamlar» namoyishchilarga qo‘shilib, «vaziyatni izdan chiqarishga urinishgan». Ularning ba’zilari so‘l radikal Farc hamda ELN guruhlarining odamlari, dedi vazir.

Karraskilya va Restrepo hammuallifligidagi soliq loyihasi Kolumbiya budjetini 26 trln pesoga ($6,8 mlrd) to‘ldirishni ko‘zda tutardi, bu milliy YaIMning 2 foizidan ziyod. Bunga jismoniy shaxslardan olinadigan soliq va yig‘imlarni oshirish hisobiga erishishmoqchi edi.

Soliq islohoti butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlarini keltirib chiqargach, Kolumbiya prezidenti Ivan Duke loyihani qayta ishlashga topshiriq berdi, biroq namoyishlar davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring