Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kofi Annanning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi

Kofi Annanning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: «Habar7.com»

Shu yil 18 avgust kuni Shveysariya poytaxti Bern shahrida vafot etgan BMTning sobiq Bosh kotibi 80 yoshli Kofi Annanning dafn marosimi Gana poytaxti Akrada bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Dafn marosimiga Gana prezidenti Nana Addo Dankva Akufo-Addo, BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh, Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva, Liberiya prezidenti Jorj Vea, elchilar, diplomatlar qatnashdi.

BMT Bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritgan ilk qora tanli kishi aynan Kofi Annan hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring