Kobuldagi Rossiya elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi
Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi konsullik bo‘limi yaqinida terakt sodir bo‘lgan, qurbonlar bo‘lishi mumkin. «RIA Novosti»ning manbasiga tayanib xabar berishicha, yuz bergan portlashda rossiyalik diplomat va rossiyalik elchixona qo‘riqchisi jarohat olgan.
Voqeaga guvoh bo‘lgan mahalliy aholi u yerda bir nechta jasadlarni ko‘rgan. Tolibon hukumati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari hududni o‘rab olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, konsulxonadagi portlash rossiyalik diplomat viza olish uchun navbatda turganlar ro‘yxatini o‘qish uchun chiqqanida sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilmani yig‘ilganlar orasida bo‘lgan xudkush-terrorchi ishga tushirgan.
Reuters manbasiga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, 11 kishi yaralandi. Mahalliy politsiya hudkush terrorchini otib o‘ldirgan.
Qo‘shimcha: Hodisa oqibatida ikki nafar rossiyalik diplomatning halok bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter