Kobulda rus vertolyotini shipshiydom qilib ketishdi
Kobul shahrida noma’lum shaxslar Rossiyaga tegishli Mi-8MTV vertolyotida o‘g‘rilik sodir etishgan. Bu haqda rus matbuot xabar bermoqda.
O‘g‘rilar havo kemasidan qo‘llariga nima ilinsa, olib chiqib ketishgan: hujjatlar, olov o‘chirgich, halokat boltasi, zirhli kamzullar, kislorod niqoblari, ratsiya va xodimlarga mo‘ljallangan yostiqcha.
Aytilishicha, vertolyot BMT tomonidan ro‘yxatga olingan va Somaliga biriktirilgan. 2020 yildan Mi-8MTV vertolyoti Utair kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter