Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobulda ichida davlat xizmatchilari bo‘lgan avtobus portlab ketdi

Kobulda ichida davlat xizmatchilari bo‘lgan avtobus portlab ketdi

Foto: «Iz.ru»

Afg‘oniston poytaxti Kobulda Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi xodimlari bo‘lgan avtobus portlab ketdi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohat olgan, deya xabar berdi «RIA Novosti»ga vazirlikdagi manbasi.

Tolo News telekanali xavfsizlik idoralaridagi manbasiga asoslanib, uch kishi halok bo‘lganligi hamda 12 kishi jarohat olgani haqida xabar bergan edi.

Hozircha hech qaysi guruh ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Avvalroq Afg‘oniston markaziy qismidagi Vardak viloyatida afg‘on maxsus kuchlariga qarashli vertolyot qulab tushishi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring